Dastur haqida
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat sohasi juda keng bo'lib, u turli xil sohalarni o'z ichiga oladi: turistik firmani boshqarish; turistik firma xodimlari boshqaruvi; turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish; turistik mahsulot sifatini boshqarish; kompleks turistik xizmatni ishlab chiqish (tur dasturlari, tur paketi, ekskursiya dasturi); chiptalar va xizmatlarni bron qilish; ekskursiyalar dasturini ishlab chiqish; turlarni amalga oshirish bo'yicha shartnomalar rasmiylashtirish va shartnomalar tuzish; zamonaviy texnik kommunikatsiya va aloqa vositalari, kompyuter yordamida ma'lumotlarni qayta ishlash; turistik mahsulot sotib olish uchun mijozlarni izlash.









